Yaponiyada avtomobil bir guruh o`quvchilarni urib ketdi

10:10, 30 iyun

Yaponiyaning Kaidzu shahridagi Gifu perfekturasida noma`lum avtomobil bir guruh boshlang`ich sinf o`quvchilarini urib ketdi, deya xabar beradi NHK telekanali.

Hodisa oqibatida 10 dan 12 yoshgacha bo`lgan etti nafar bola jabrlandi, ulardan ikki nafarining ahvoli og`ir.

Haydovchi voqea joyidan qochib ketgan, ayni damda polisiya uni qidirish ishlari bilan shug`ullanmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!