Qozog`istonda olti nafar ekstremist qo`lga olindi

10:54, 30 iyun

Qozog`istonning Qarag`anda viloyatida maxsus operasiya chog`ida olti nafar ekstremist qo`lga olindi, bu haqda respublika milliy xavfsizilik Qo`mitasi raisi Vladimir Jumakanov xabar berdi.

Kuni kecha Qo`mita Qarag`anda viloyatida bir guruh radikallarining faoliyatini fosh etdi. Ma`lum bo`lishicha, ular tomonidan bir nechta teraktlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Operasiya 26 iyun kuni Balxash shahrida va Gulshod aholi yashash punktida bo`lib o`tgan. Gulshodda terrorchilarni ushlash chog`ida ulardan biri o`zini portlatib yuborgan.

MXQ ma`lumotlariga ko`ra, operasiya chog`ida olti kishi qo`lga olingan. Ularning barchasi mahally aholi, Qozog`iston fuqarolari bo`lib, Qarag`anda viloyatida terakt uyushtirishni rejalashtirgan.

Jumakanovning aniqlik kiritishicha, bu hodisa “Aqto`be voqeasi” bilan hech qanaqasiga bog`liq emas.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!