Shahzoda Matchonova iyun oyiga minnatdorchilik bildirdi

10:59, 30 iyun

Aktrisa Shahzoda Matchonova yozning birinchi oyi hayotida o`chmas iz qoldirgani va taassurotlarga boy bo`lganini ma`lum qildi. 

“Iyun oyiga rejissyor Yolqin To`ychiev bilan yana ishlash imkonini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bir oy mobaynida atrofimda iste`dodli va mehribon insonlar bo`lgani uchun minnatdorman. Ular sabab bir oy davom etgan suratga olish ishlari tezda o`tib ketdi.  O`z ishimni uning birgina xususiyati—boshqa shaharda yashash imkoni uchun ham yaxshi ko`raman va minnatdorman. 

Bu safar, sizga ma`lumki, qadimiy va go`zal Xiva shahrida bo`ldik. 

Iyun oyiga otam va onamni qay darajada yaxshi ko`rishimni anglab etganim uchun ham minnatdorchilik bildiraman.

Hayotimda ezguliklar ko`pligi uchun hayotga minnatdorchilik bildiraman. 

Shukronalik hissi sizni aslo tark etmasin!”,—deb yozdi aktrisa o`zining Instagram`dagi sahifasiga.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!