Glyukoza: “Erimning xiyonatini ham kechirishga tayyorman”

11:46, 30 iyun

Rossiyalik taniqli qo`shiqchi Natalya Ionova va uning turmush o`rtog`i, tadbirkor Aleksandr Chistyakov yaqindagina to`ylarining 10 yilligini nishonladi. Xonanda turmush o`rtog`ini qattiq sevishini, uning barcha ayblarini, hatto xiyonatini ham kechirishga tayyorligini ma`lum qildi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda

“Dastavval biz bir-birimizni o`ta kuchli rashk qilar edik. Sasha farzandining onasi bilan ajrashganidan so`ng uch yil bo`ydoq yurdi. Uning atrofida go`zal qizlar parvona edi. Aslida, biz hozir ham bir-birimizni rashk qilamiz va bu odatiy hol”,—dedi Glyukoza intervyularidan birida. “Turmush o`rtog`im boshqa ayollarga ham yoqishini istayman, aks holda u menga ham qiziq bo`lmaydi. Ba`zan erimga qarab turib, uni kuchli sevishimni anglayman. Men uning barcha aylarini kechirsam kerak. Agar kechirmasam ham hech bo`lmasa uni tushuna olaman”.

Shuningdek, xonanda turmush o`rtog`i bilan hech qachon jiddiy janjallashmaganini ham aytib o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!