Aktrisa Yulduz Rajabova Yigitali Mamajonov bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi

12:53, 30 iyun

“E`tirof—2015” Milliy mukofotining “Yilning eng yaxshi kinoaktrisasi” nominasiyasi g`olibi,   aktrisa  Yulduz Rajabova hamkasbi Yigitali Mamajonov bilan munosabatlari haqida gapirdi. 

“Bekajon” gazetasining “San`atkorga savolim bor” loyihasida ishtirok etgan Yulduz agar Yigitali unga sevgi izhor qilsa va qo`lini so`rasa qanday javob berishi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi: 

“Yigitali institutda bizdan bir bosqich yuqori kursda o`qigan. Talabaligimizdanoq u bilan do`st edik va bu rishta hozirgacha saqlanib kelmoqda. Do`stona munosabatimiz filmlarda yaxshi partnyor bo`lishimizga va bir-birimizni yaxshi tushunishimizga asos bo`ldi. partnyor sifatida uning qalbini, maqsadini, ijrosini yaxshi tushunaman va Yigitali ham meni xuddi shunday tushuna oladi. Filmlardagi ‘Muhabbatimiz’ hayotga ko`chmaydi, biz shunchaki partnyormiz”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!