So`rovnoma: 80% rossiyalik Putinning prezident lavozimidagi faoliyatini qo`llab-quvvatlaydi

12:58, 30 iyun

Vladimir Putinning Rossiya prezidenti lavozimidagi faoliyatini 81% rossiyalik qo`llab-quvvatlaydi, o`tgan yil ushbu ko`rsatkich 89% tashkil qilgan, deb xabar beradi "Levada-sentr" o`tkazilgan so`rovlar natijasiga ko`ra.

Prezidentning faoliyatidan 18% rossiyalik norozi. Dmitriy Medvedevning bosh vazir lavozimidagi faoliyati 51% fuqaroni qoniqtiradi. Umuman olganda hukumat faoliyatini 48% rossiyalik ma`qullaydi.

50% rossiyalik fuqaro mamlakatdagi ishlar to`g`ri yo`nalishda deb hisoblaydi, 33% noto`g`ri degan fikrda, 18% rossiyalik esa ushbu savolga javob berishga qiynaldi. Tadqiqot ma`lumotlariga ko`ra, 51% respondentlar o`z gubernatorlarining faoliyatidan qoniqadi, 48% qoniqmaydi. Davlat Dumasining faoliyatini 41% rossiyalik ma`qullaydi.

Siyosatchi va jamoat arboblaridan rossiyaliklar eng ko`p ishonadiganlari Vladimir Putin (51%), RF Mudofaa vaziri va armiya generali Sergey Shoygu (24%), RF TIV rahbari Sergey Lavrov (17%), 13% Dmitriy Medvedev va RLDP etakchisi Vladimir Jirinovskiylardir.

So`rovnoma 23 – 27 iyun kuni mamlakatning 48 hududidagi 137 ta aholi yashash punktida 18 yoshdan katta bo`lgan 1600 kishi o`rtasida o`tkazilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!