Olti farzandning onasi omadli modelga aylandi

14:58, 30 iyun

Avstraliyalik Rozi Lyuik 30 yoshgacha olti nafar farzandni dunyoga keltirdi, ammo bu holat unga omadli modellik karerasini boshlashga halal bermadi.

The Daily Mail’ning yozishicha, Rozi bolaligida moda olami haqida orzu qilgan, ammo hayot buni taqozo etmadi. U juda erta turmushga chiqdi va farzandlar dunyoga keltirdi. 25 yoshgacha Rozi uch bolaning onasi bo`lishga ulgurgan edi. O`shanda u bir necha yildan beri ona bo`lolmayotgan dugonasi Lorenga yordam bermoqchi bo`ldi. Loren va uning turmush o`rtog`iga 21 marta EKU ham yordam bermaganini inobatga olib, Rozi Lorenga ularning farzandiga surrogat ona bo`lishni taklif qildi hamda dugonasi va turmush o`rtog`iga sog`lom egizaklarni dunyoga keltirib berdi. 

Shundan so`ng Rozi o`zining to`rtinchi farzandini ham dunyoga keltirdi, biroq bu tug`ruq uning uchun juda og`ir kechdi va u o`lim yoqasidan qaytdi. Bunday tashvish Roziga hayotini qayta ko`rib chiqish haqida o`ylab ko`rish uchun yana bir sabab bo`ldi. U endi bolaligidagi orzusini amalga oshirishga qaror qildi. Sport va to`g`ri ovqatlanish uni ajoyib qomat sohibasiga aylantirdi. Ayolga modellik faoliyatida tabiiy husni va uzun chiroyli sochlari ham yordam berdi. Hozirda 30 yoshli Rozi bir nechta etakchi feshn-brendlar bilan shartnoma imzolagan, bundan tashqari u Avstraliyada Intimate Britney Spears ichki kiyimlarini ham namoyish etadi. Shuningdek ko`p bolali ona o`zining surrogat onaligi to`g`risida bir nechta kitob ham yozdi.

Rozining so`zlariga ko`ra, u modellik biznesiga yosh qizlik paytida emas aynan hozir kelganidan juda hursand.

«Men bu ishni 20 yoshimda uddalay olmasdim. Hozir menda tajriba, ichki va hayotiy kuch ko`proq va men moda sanoatiga yangilik olib kira olaman. Hamma narsaga erishish uchun men qat`iy jadval asosida ish tutaman. Men doim nima qilishim lozimligini bilaman va shunchaki shu ishni qilaman. Menga hozir yashayotgan hayot tarzim juda yoqadi», – deydi Rozi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!