Halima Ibrohimova o`zidan 7 yosh kichik turmush o`rtog`i bilan qanday tanishganini so`zlab berdi

15:59, 30 iyun

Komik aktrisa Halima Ibrohimova ayni kundagi ijodiy faoliyati va shaxsiy hayoti bilan bog`liq savollarga javob berdi. 

“O`zimdan ham ‘Eringiz bilan o`n yilga shartnoma tuzgan ekansizmi?’, deb so`rashadi. Ayrilardan ‘Uning puliga uylanganda’ kabi gaplarni eshitib qolaman. Turmush o`rtog`imning ismi Jaloliddin, oilada kenja o`g`il. U kishi bilan uyimizni ta`mirlayotganda tanishgandik. Ustalar orasida Jaloliddin akam ham bo`lgan. Pochcham ‘Shu yigit seni so`rayapti’ deganida, ishonmagandim boshida. ‘Mendan etti yosh kichkina ekan, yo`q’, deganman. Qaynonam sovchi bo`lib kelganidan so`ng 15-20 kunda to`yim bo`lgan”,—deydi aktrisa “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida. “Oilada etakchi menman. Buni hech qachon yashirmaganman. Chunki turmush o`rtog`imdan etti yosh kattaman. Demak, hayot tajribam ham ularnikidan ko`proq. Odamlar nima desa deyaveradi, ichimdagi dushmanlarim kimliginiyam bilaman, hatto”.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!