Chiroyli qomatga ega bo`lish uchun qimmat klublarga borish shart emas

16:20, 30 iyun

Chiroyli qomatga ega bo`lish uchun albatta qimmat klublarga borib, murakkab trenajyorlarda mashq qilish shart emas, deydi “Interesno.cc” nashri.

Vorkaut yoki ko`cha gimnastikasi − har bir inson shug`ullanishi mumkin bo`lgan sportning eng demokratik turlaridan biridir. Bu sport turi bilan har qanday joyda, turnikda yoki xarida shug`ullanish mumkin. Sportchilar mashg`ulotlari uchun daraxt shoxlaridan, narvondan, turnikdan, hattoki uy hayvonlaridan ham foydalanishadi. Bu sohada qizlar yigitlardan qolishmaydi, balki yutuqlar borasida ulardan ham o`zib ketadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!