O`zbekistonda eng ko`p xarid qilinadigan avtomobil Spark bo`ldi

16:28, 30 iyun

Engil avtomashinalarni xarid qilishda Toshkent shahri va viloyati aholisi eng faol bo`lgan.

O`zbekistondagi OLX internet-e`lonlar servisi foydalanuvchilar ko`proq qaysi avtomobillarni sotib olishlarini tahlil qilib, eng ommabop iste`molda bo`lgan (i/b) model va markalar reytingini tuzdi. Reytingni tuzishda OLX internet-foydalanuvchilarining 2016 yilning yanvaridan may oyigacha bo`lgan yopiq bitimlari soni to`g`risidagi ma`lumotlardan foydalanildi.

Servisning UZ24 ga taqdim etgan press-relizda yozilishicha, eng ommabop i/b markalar orasida birinchilikni Chevrolet ushlab turibdi. Mazkur markadagi mashinalar 46% holatlarda xarid qilingan. Unchalar katta bo`lmagan farq bilan ikkinchi o`rinni VAZ egalladi 19% xarid. Uchlikni Daewoo markasidagi mashinalar tugalladi ular 12% holatlarda sotib olingan.   

Kutilganidek, eng ko`p xarid qilinadigan modellar Chevrolet avtomobillari ekan. Birinchi o`rinda Chevrolet Spark, ikkinchisi - Chevrolet Nexia, uchinchisi Chevrolet Matiz bo`ldi.

Engil avtomashinalarni xarid qilishda Toshkent shahri va viloyati aholisi eng faol bo`lgan, bitimlarning deyarli 97% aynan mana shu erda amalga oshirilgan. Mashinalarni Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari aholisi eng kam xarid qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!