AQShda poezdlar to`qnashuvi oqibatida mashinistlar halok bo`ldi

16:34, 30 iyun

AQShning Texas shtatidagi  Penxendl shahrida ikki tovar poezdining to`qnashuvi oqibatida uch mashinist halok bo`lgan, biri esa tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar berdi, “Vesti.ru” nashri.  

Falokat seshanba, 28 iyun kuni yuz bergan. Ikki tomondan kelayotgan sostav bir-birining ro`parasidan chiqib, yuzma-yuz to`qnashgan. Zarba kuchli bo`lgandan poezdlar relsdan chiqib, ag`darilib ketgan va yong`in ko`tarilgan. Transport kompaniyasiga tegishli bo`lgan har ikkala sostavda keng assortimentli tovarlar bo`lgan.

AQSh transport xavfsizligi milliy boshqarmasi falokat yuz bergan joyda tergov-surushtiruv ishlarini boshlagan. Tekshiruv jarayonida poezdlar to`qnashgan joyda noqulay ob-havo sharotida yoki temiryo`lda ta`mirlash ishlari ketayotganda tezlikni avtomatik tarzda kamaytiruvchi poezdlar harakatini nazorat qilish tizimi o`rnatilmaganligi aniqlangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!