“Maftuningman-2”ning kasting kunlari aniq bo`ldi

16:59, 30 iyun

“Maftuningman-2” kinofilmida ishtirok etish uchun aktyorlar tanlovi (kasting) anketasini tegishli tartib to`ldirib ro`yxatdan o`tgan hamyurtlarimiz diqqatiga!

“Dono Productions” kinokompaniyasi Toshkent shahrida 7-15 iyun kunlari ishchi nomi “Maftuningman-2” kinofilmi uchun O`zbekiston davlat konservatoriyasi, San`at va madaniyat instituti hamda sohaga doir boshqa o`quv muassasalari talaba-o`quvchi va o`qituvchilari, shuningdek, havaskor fuqarolar o`rtasida aktyorlar tanlovi (kasting) o`tkazdi. Unda 313 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.  

Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun aktyorlar tanlovi (kasting) quyidagi tartibda bo`lib o`tishini Sizga ma`lum qilamiz.

1.  11, 12 iyul kunlari Qoraqalpoq musiqali drama teatrida.
2.  11, 12 iyul kunlari Xorazm viloyati musiqali drama teatrida.
3.  13, 14 iyul kunlari Buxoro viloyati musiqali drama teatrida. 
4.  13, 14 iyul kunlari Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida. 
5.  15,16 iyul kunlari Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida.
6.  15, 16 iyul kunlari Qarshi musiqali drama teatrida.
7.  17, 18 iyul kunlari Samarqand viloyat musiqali drama teatrida. 
8.  17, 18 iyul kunlari Jizzax viloyat musiqali drama teatrida.
9.  20, 21, 22 iyul kunlari Andijon viloyat musiqali drama teatrida.
10.  20, 21, 22 iyul kunlari Namangan viloyat musiqali drama teatrida.
11.  23, 24, 25 iyul kunlari Farg`ona viloyat musiqali drama teatrida.
12.  23, 24, 25 iyul kunlari Qo`qon musiqali drama teatrida.
13.  28 iyul kuni Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida.
14.  2 avgustdan 15 avgustgacha Toshkent shahrida “Dono Productions” kompaniyasi studiyasida bo`lib o`tadi. (Manzil: Beshyog`och dahasi, Olmazor ko`chasi, 171-uy, mo`ljal “Iste`dod” jamg`armasi orqa tarafi).   

Kasting ko`rsatib o`tilgan kunlari 08.00 dan boshlanadi.

Batafsil ma`lumotlar uchun Dono.uz sayti va (+ 99895) 404-66-11,           (+ 998 95) 198-59-55 ga murojaat qiling.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!