Sardor Mamadaliev fan-klubi bilan uchrashishdan bosh tortgani yolg`on bo`lib chiqdi

17:10, 30 iyun

Avvalroq xonanda Sardor Mamadalievning fan klubi a`zolari xonandadan qattiq ranjishgani va bu haqda Hozirchashu.com nashriga maktub yo`llashgani haqida xabar bergandik.
 
Xabarda keltirilishicha, fan-klub yo`llagan maktubda xonanda chet el safariga ketishi munosabati bilan uchrashuv bekor qilingan. 

Sardor Mamadaliev o`zining “Instagram” sahifasiga uchrashuv bo`lib o`tgani haqida xabar qoldirdi.

“Fan-klub bilan uchrashuv bo`lib o`tdi”, deya uchrashuv lahzalari aks etgan suratni qoldirdi.

Xo`sh, u holada fan-klub Hozirchashu.com nashriga yolg`on maktub yo`llaganmi yohud buning tagida boshqa bir sabab yashiringanmi?! Buni esa vaqt ko`rsatadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!