Venesueladagi g`aroyib chaqmoq odamlarni hayratga solmoqda(Foto)

10:03, 01 iyul

Venesuelaning shimoli-g`arbidagi Marakaibo ko`liga quyuluvchi Katatumbo daryosida har doim sirli va juda chiroyli tabiiy hodisa yuz beradi, deydi “Interesno.cc” nashri.  

Million martalab Katatumbo daryosi uzra, yiliga quvvati 400 000 vattga etadigan  chaqmoq chaqadi. To`xtovsiz ravishda birining o`rnini biri egallaydigan chaqmoqdan o`n kilometr uzoqlikka juda kuchli bo`lgan elektr quvvati tarqaladi. Eng qizig`i shundaki, birvarakayiga tinimsiz chaqmoq chaqishiga qaramay, umuman momaqaldiroqning gumburlashi eshitilmaydi. Chaqmoq nafaqat yilda 150 kunga cho`ziluvchi bo`ronli kunlarda, balki kuniga 10 soat mobaynida chaqnab turadi. Uning izchilligi va po`rtanadagi doimiy holati hisobga olinib, Marakaybo mayog`i deb ataladi. Chunki kema kapitanlari bir necha asrlardan beri unga qarab yo`nalishni aniqlaydilar. Olimlarning fikricha, bu g`ayritabiy hodisaning asosiy sababi botqoqqa aylangan erlar atmosferasida metanning ko`pligidir. 

Xalqaro YuNESKO ro`yxatida shu kunga qadar meteorologik hodisalar qayd etilmaganiga qaramay, Venesuela hukumati ilk marotaba Katatumbo chaqmog`ini bu ro`yxatga tirkashga harakat qilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!