Malika Diana hayot bo`lganda bugun 55 yoshga to`lardi

10:26, 01 iyul

Uelskiy malikasi, shahzoda Charlzning birinchi rafiqasi ledi Diana hayot bo`lganda bugun, 1 iyul kuni 55 yoshga to`lgan bo`lardi, deydi “Gazeta.ru” nashri.

Malika Diana 1997 yilning 31 avgust kuni Parijdagi tonnellardan biri avtohalokatga yo`liqib, vafot etadi, u shahzodaning sobiq rafiqasi bo`lsa-da, xalq malika uchun ko`z yosh to`kadi, chunki u hammaning sevimli insoniga aylanib bo`lgandi. U oddiy xalqqa nisbatan bo`lgan samimiy mehr-muhabbatini hech qachon yashirmagan. Gospitallarda yotgan etim bolalardan, Zimbabave, Nigeriya va Nepalda turli xastaliklardan aziyat chekayotgan qashshoqlardan, beva-bechoralardan, OITS yuqtirgan xastalardan hech qachon hazar qilmagan, doimo xayriya ishlari bilan band bo`lgan. Bu ishlarni bajarish unga oson bo`lmagan, chunki o`ta ta`sirchanligidan odamlar chekayotgan azob-uqubatlarni ko`rib, ko`zlari yoshga to`lardi. Ammo shunga qaramay, qirollik oilasi a`zosi bajarishi lozim bo`lgan vazifalarni ham o`rniga qo`yardi. Diana turmush o`rtog`idan ajrashgandan keyin uning shaxsiy hayoti sariq matbuotning eng sevimli mavzusiga aylandi. U shaxsiy hayotda baxtli bo`lganmi yo yo`qmi, bu biz uchun haligacha jumboq. Ammo shunday tahlikali zamonda odamlarni qo`llab-quvvatlash uchun malika Diananing etishmayotganligi ayni haqiqatdir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!