Amerikalik qiz 13 kilogrammli laqqa baliqni qo`li bilan tutdi

10:36, 01 iyul

AQShning Alabama shtati Krensho okrugida yashovchi 19 yoshli Xanna Barron o`zining Instagram`dagi sahifasida 13 kilogramm keladigan laqqa baliqni qarmoqsiz qo`li bilan tutayotgani aks etgan videorolik va fotosuratlarni joyladi, deb xabar beradi “Tjournal” nashri. 

Xanna to`rt yildan buyon baliqchilik bilan shug`ullanadi. Baliqni faqat qo`l bilan tutish AQShning janubiy shtatlarida keng tarqalgan usul hisoblanadi va bu nudling deb nomlanadi.  

Aksar hollarda bu usul yordamida laqqa baliqlar tutiladi. Sababi laqqa baliqlar unchalik harakatchan emas va ular daryo va ko`llarda yashaydi.

Nudling jarayoni daryo tubidagi laqqa baliqning uyasini izlashdan iborat. Baliqchi laqqani ichidan ushlaydi va uni qirg`oqqa sudrab chiqadi. Laqqa baliqlar 30 kilogrammgacha vaznga ega bo`ladi. Silliq baliqni qo`ldan boy bermaslik uchun baliqchiga yordamchi kerak bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!