Di Kaprio yangi ma`shuqasi bilan Bagama orolida dam olmoqda

10:39, 01 iyul

OAVlarning bergan ma`lumotiga ko`ra, 41 yoshli Gollivud yulduzi Leonerdo Di Kaprio ayni paytda 24 yoshli daniyalik model Nina Agdal bilan Bagama orolida dam olmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Bu ikki yulduzli juftlik so`nggi oylarda goh Nyu-Yorkda, goh Kann festivalida ko`zga tashlangan bo`lsa, ayni kunlarda ular birgalikda bir sutkalik ijara narxi 75 ming dollar bo`lgan, Bagamadagi Over Yonder Cay xususiy orolida dam olmoqdalar. “Omon qolgan” filmi qahramonini bu erga uning boyvachcha do`sti tekinga taklif etgan va barcha xarajatlarni o`z zimmasiga olgan. Bu kimsasiz orolga paparassilar qadami etmasa-da, ammo Instagram sahifalari orqali yulduzli juftlikning suratlarini tomosha qilmoqdalar.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!