Rossiyaning Rostov-Donda shahri suv ostida qoldi(Foto)

11:03, 01 iyul

30 iyun, payshanba kuni Rossiyaning Rostov-Donda shahrida kuzatilgan kuchli yomg`ir suv toshqinini yuzaga keltirdi. Natijada shaharda favqulodda holat e`lon qilindi. Bu haqda “Tjournal” nashri xabar bermoqda

Shahardagi erosti o`tish yo`llarini suv bosdi, ko`chalardagi avtomobillarni esa yomg`ir yuvib yubordi. Buning oqibatida bir nechta YTHlar sodir bo`ldi. 

Siti-msenedjer Sergey Gorbanning topshirig`iga ko`ra, shaharda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etuvchi maxsus shtab tuzilgan, tezkor xizmatlar esa kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. 

Ma`lumotlarga ko`ra, tabiiy ofat oqibatida eng kamida 2 kishi halok bo`lgan. Ular avtomobil ostida qolib ketgan qiz va yosh bola.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!