OAV: Turkiyada aeroportidagi teraktni Dog`iston, Qirg`iziston va O`zbekiston fuqarolari sodir etgan

11:09, 01 iyul

28 iyun kuni Turkiyaning Otaturk aeroportida sodir etilgan teraktni kelib chiqishi Dog`iston, Qirg`iziston va O`zbekistondan bo`lgan xudkush-terrorchilar amalga oshirganligi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi “Tjornal.ru” nashri.  

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, hujum qilganlarning har uchtasidan biri chet el fuqarosi bo`lgan, ammo ularni jasad qoldiqlaridan shaxsni aniqlash tergovchilarga qiyinchilik tug`dirmoqda. 

Aeroprotdagi teraktdan keyin Istanbul ko`chalarida polisiyachilar tomonidan o`tkazilgan reyd natijasida 13 kishi qo`lga olingan bo`lib, ularning uchtasi chet el fuqarolari bo`lib chiqqan. Turkiya hukumatining teraktni “Islom davlati” terrorchilik guruhi sodir etganiga ishonchi komil.

Yeni Safak gazetasining bergan xabariga ko`ra xudkushlar Qirg`iziston, O`zbekiston va Dog`iston fuqarolari bo`lgan. Ammo gazetada ma`lumot qaysi manbadan olinganligi noma`lumligicha qolgan.

Istanbul shahridagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda sodir etilgan terakt oqibatida 42 kishi halok bo`lgan, 230 nafardan ortiq odam yaralangan. Hujum qilganlar avvaliga avtomatdan o`t ochishgan, keyin esa o`zlarini portlatib yuborishgan. Ular uch kishi bo`lgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!