Abu-Dabida yashovchi fuqaro 10 yildan beri Ramazon oyida 4000 kishiga o`z hisobidan ovqat ulashadi

12:03, 01 iyul

Ramazon oyida Abu-Dabidagi 59-sonli villa yonida soat 16:00 dan boshlab odamlar to`planadi, deb xabar berdi “Uaeinside.com” nashri. 

O`z nomini oshkor etishni istamagan fuqaro oxirgi o`n yil mobaynida Ramazon oyida 4000 dan ortiq ro`zador odamlarga saharlik va iftorlik tarqatadi.

40 yildan beri 59-villada ishlovchi Abdul Qodir ismli fuqaro bunday tantana oxirgi 10 yil mobaynida an`ana tusiga kirganligini ma`lum qildi. Ramazon oyi kelishi bilan 25 kishi erta tongdan saharlikka va iftorlikka ovqat tayyorlaydi. 

Villa xo`jayini kundalik ovqat uchun har kuni 450 kilogramm guruch, 400 kilogramm go`sht va 100 kilogramm sabzavot sarflaydi. Istagan odam kelib, bu erdan ovqatlanib ketishi mumkin. Ovqatlanish jarayoni davomida villa xo`jayini va uning rafiqasi oshxona ishlarini nazorat qilib turadi. Ularning o`zi, oshpaz va oshxona ishchilari ham ro`za tutishadi. Ishchilarning ma`lumot berishicha, villada tayyorlangan ovqatlar mazasi totliligi bilan odamni o`ziga tortadi. Tekin ovqat tarqatilishi BAA ga yaqinda kelgan ishsizlarning joniga oro kirdi.

Villa xo`jayni XPRESS nashriga bergan intervyusida ismi-sharifini ma`lum qilishni istamadi. “Dinimiz bergan ta`limga ko`ra, beva-bechoralarga, kambag`allarga yordam berishimiz lozim. Shu bilan birga bergan yordamimiz haqida olamga jar solishimiz shart emas. Biz insonlarni millatiga, irqiga va diniga qarab ajratmaymiz, istagan odam uyimga kelib, bemalol ovqat tanovvul qilishi mumkin”, dedi saxiy inson.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!