Nargiza Abdullaeva: “Begona bahor”da mening hayotim aks etgan

12:16, 01 iyul

“Charxpalak”, “Begona bahor” va “Jiyda guli” kabi film va seriallardagi ijrosi bilan xalq mehrini qozongan aktrisa Nargiza Abdullaeva “Sabo” gazetasiga bergan intervyusida “Begona bahor” filmidagi voqealar o`z hayotida ham yuz berganini aytib o`tdi.

“Ochig`ini aytaman, aynan shu filmdagi voqealar mening hayotimda ham yuz bergan. Yuz foiz emas, albatta. Taqdir ekan, ikki marta turmush qurdim. Menincha, oilada erkakning donoligi—ota-ona va rafiqa o`rtasida ko`prik bo`la olishi. Agar u ko`chaning odamiman, deb uydagi ahvoldan bexabar yursa, unda nafaqat rafiqasini, balki o`zini ham qiynab qo`yadi. Birinchi marta ssenariyni qo`limga tutqazishganida, o`qib yig`lab yuborganman. Ko`z oldimda birinchi turmushimdagi xo`rlangan kezlarim gavdalangan. Chin yurakdan shu filmda suratga tushishga ahd qilganman. Xullas, ‘Begona bahor’ filmida ma`lum ma`noda hayotim aks etgan, desam ham bo`ladi”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!