Trampning nikoh uzugi auksionda 300 ming dollarga sotildi

14:12, 01 iyul

Respublikachilar partiyasi tomondan AQSh prezidentligiga nomzodi qo`yilgan Donald Tramp va uning ikkinchi rafiqasi Marla Meyplzning javohir ko`zli nikoh uzugi Nyu-Yorkda o`tkazilgan auksionda 300 ming dollarga sotildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Harry Winston markasiga tegishli og`irligi 7,45 karat bo`lgan javohir ko`zli nikoh uzugi shaxsi oshkor etilmagan xaridorga sotilgan. U telefon orqali uzukka pul tikkan.

Auksioner Jozef Dyumushelning ma`lumot berishicha, bu zargarlik buyumi o`zining nafisligi va go`zalligi bilan ajralib turadi.

Donald Tramp va Marla Meyplz 1993 yilda turmush qurishgan. Ular ajrashgandan keyin 1999 yilda Meyplz nikoh uzugini auksionga qo`yib, xaridor er-xotinlarga 110 ming dollarga sotgan edi. 2016 yilda uzuk egalari uni qayta sotishga qaror qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!