Toshkentda ijtimoiy ko`mak markazi ochildi

15:03, 01 iyul

Toshkentda 28 iyun kuni aholining ijtimoiy yordamga muhtoj guruhlari vakillari uchun Ijtimoiy ko`mak markazi ochildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”. 

Ikki yillik sinov loyihasi Germaniyaning Xalq universitetlari assosiasiyasi (DVV International) tomonidan amalga oshirilib, unda 1200 nafardan ziyod himoyaga muhtoj erkak va ayollar — Toshkent va poytaxt viloyatida yashovchi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, giyohvand moddalarga qaram, OIV virusiga chalingan, sil kasalligi bilan og`rigan va boshqa shaxslar qamrab olinadi.

Markaz faoliyati psixologik va yuridik yordam ko`rsatish, kasbiy tayyorgarlikdan o`tishda yordam berishga qaratilgan.

Turli xatar guruhlariga mansub odamlar bilan ishlar ekan, markaz ularga yo`qotilgan ijtimoiy foydali aloqalarni tiklash, ta`lim olish va mehnat faoliyati bilan shug`ullanish, jamiyatdagi o`z o`rnini topishda ishonchli ishtiyoqni shakllantirishda yordamlashadi, dedi EIning O`zbekistondagi elchisi Yuriy Shterk.

Markaz faoliyati davlat tuzilmalari, mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlari, NNT, ta`lim muassasalari va mutaxassislar kuchlarini birlashtirishga ham yo`naltirilgan, deya qayd etdi u.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!