117 yoshli meksikalik ayol tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomani olgach, vafot etdi

17:15, 01 iyul

Meksikada yashovchi 117 yoshli ayol tug`ilganlik to`g`risida guvohnomani olgach, bir necha soatdan keyin vafot etdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Trinidad Alvares Lira (Trinidad Alvarez Lira) bu hujjatni qo`lga kiritish, yoshini isbotlab davlat tomonidan imtiyozga ega bo`lish uchun uzoq yillar kutdi. Payshanba, 30 iyun kuni Mexiko ijtimoiy ta`minot departamenti 1898 yilda tug`ilgan ayolning endi tug`ilganlik to`g`risida guvohnoma olgani haqida xabar bergan edi. Oradan bir necha soat o`tgach, Trinidad Alvares Lira yurak xurujidan vafot etgan.

Joriy yilning may oyida Nyu-York shahrida dunyoning eng keksa vakilasi hisoblanmish, 116 yoshli Syuzanna Mushatt Jons vafot etgan edi. Hozirda eng keksa qariya deb 116 yoshli italiyalik Emma Morano hisoblanadi (hozirda u XIX asrda tug`ilgan yagona insondir). Sayyoramizda eng uzoq umr ko`rgan fransuz Janna-Luiza Kalman 1997 yilda 122 yoshda vafot etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!