«O`zbekiston Mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoni ta`sis etildi

11:33, 02 iyul

«O`zbekiston Mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishonini ta`sis etish to`g`risidaO`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.

Nishon Vatanimiz istiqlolining 25 yilligini keng nishonlash munosabati bilan hamda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma`naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta`minlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do`stlik va totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va san`atimizni rivojlantirish, sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo`shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida ta`sis etildi. 

Esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma`naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta`minlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do`stlik va totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va san`atimizni rivojlantirish, sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo`shib kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohalari vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadilar. 

«O`zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoni bilan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. 

«O`zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!