OAV: Xitoyda devor qulashi oqibatida 8 kishi halok bo`ldi

12:38, 02 iyul

Xitoyning Uxan shahrida shanba kuni sakkiz kishi devor qulashi oqibatida halok bo`ldi, bu haqda Sinxua agentligi xabar beradi.

Devorning 15 metr joyi kuchli va davomli yog`ingarchiliklar oqibatida quladi. Sakkiz nafar o`tkinchi ikki metrli devor ostida qolgan. Qutqaruvchilar devor ostidan birorta ham tirik qolgan odamni topishmadi.

Sharqiy, Janubiy va Markaziy Xitoyda sharros yomg`irlar juma kundan beri davom etmoqda. Shaharlar suv ostida qolib, suv omborlariga xavf solmoqda. Halok bo`lganlar soni o`nlab odamni tashkil qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!