Joze Mourinoning o`g`li otasining jamoasida o`ynamaydi

13:38, 02 iyul

“Manchester Yunayted” jamoasining yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoning o`g`li Angliyaning birinchi divizionida harakat qiladigan “Fulxem” klubi a`zosiga aylandi. Bu haqda VVS xabar bermoqda

16 yoshli Joze Mourino kichik “Fulxem”ning U-18, ya`ni, 18 yoshgacha bo`lgan futbolchilar klubida to`p tepadigan bo`ldi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, shartnoma ikki yilga mo`ljallangan. 53 yoshli mutaxassis o`g`lini o`zi boshqarayotgan klubiga nima uchun chaqirmagani ko`pchilikda savol tug`dirmoqda.  

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!