Ulug`bek Rahmatullaevni avtohalokatga uchratishdi (Video)

13:11, 03 iyul

Xonanda Ulug`bek Rahmatullaev haqida tarqalgan xabar rostmi?

Telegram’ning ayrim kanallari so`nggi paytlarda a`zolar sonini ko`paytirish uchun turli yo`llardan foydlanmoqda. Ana shunday yo`llardan biri xonanda Ulug`bek Rahmatullaev haqida tarqalgan ushbu mash`um xabar bo`ldi.

Aslidachi, shu rostmi?

Ushbu xabar Rahmatullaevning qulog`iga etib borgan ko`rinadi, bu haqida u shunday deydi:

“Shunday ulug` ayyom kunda bunaqangi buzuq niyatli insonlarga Olloh insof bersin! Qanday qilib, bunaqangi gapni o`ylab topish mumkin, bilmadim... Buni faqatgina niyati yomon odamlar qilishi mumkin. Hudoga shukr, soppa-sog`man! Bu suratdagi mashinalar egasi kimligini bilmadim, ammo Olloh ularni ishini oson qilsin, qolganlarga insof bersin!”

Ulug`bek Rahmatullaev “Har xil gaplarga ishonmanglar”, deya quyidagi video murojaatni joyladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!