Munisa Rizayeva ham Ahmadboyga chuv tushdimi?

10:04, 04 iyul

So`nggi kunlarda barchaning tilida shov-shuv bo`layotgan Ahmadboy voqeasi unga ayrim san`atkorlar ham aloqador ekanligi haqida gap-so`zlarni keltirib chiqardi.

“Ahmadboy vasvasasi” deb nomlangan ko`rsatuv Milliy teleradiokompaniya efirlari orqali uzatilgach esa hatto o`sha ayrim san`atkorlarning nomlari ham tilga olindi. 

Xonanda Munisa Rizaevaga ham bu borada murojaat qilishgan ko`rinadi, u o`zining “Instagram”  sahifasi orqali mazkur ma`lumotga izoh berdi:

“Bugun menga go`yoki qandaydir Ahmadboy degan odamga pul berganim haqida ma`lumotlar etib keldi! Men bunday odam borligi haqida endi eshitib turibman! Men hech kimga hech qanaqa pul bermaganman, ayniqsa foizga, menga ikki baravar qilib berishlari uchun! Bu juda katta gunoh ekanligini bilaman! Ollohga shukr hamma narsam etarli! Shu sababli bunday ko`zbo`yamachi insonlarga quloq tutmasligingizni so`rab qolaman!”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!