AQSh DAIShni tag-tomiri bilan quritishga qaror qildi

10:26, 04 iyul

Oq uy milliy xavfsizlik kengashi a`zosi Neyd Prays o`zining rasmiy bayonotida, DAISh terrorchilik guruhiga qarshi kurashda AQSh hukumati Iroq huquq-tartibot idoralari va qurolli kuchlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yishini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Praysning so`zlariga ko`ra, Bag`dodda sodir etilgan qo`sh terakt DAISh va uning rahnamolarini tag-tomiri bilan yo`q qilishga undagan.

U AQSh hukumati va xalqi nomidan Iroq poytaxtida sodir etilgan teraktni “dahshatli terakt” deb atadi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Bag`dodda sodir etilgan terakt oqibatida 167 kishi halok bo`lgan, 168 nafar odam yaralangan. Teraktni “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga olgan. Qurbon bo`lganlar xotirasiga Iroqda uch kunlik motam e`lon qilingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!