Nima uchun nahorda och qoringa iliq suv ichish kerak?

11:35, 04 iyul

Kunni achchiqqina qahva ichish bilan boshlashni yoqtirasizmi, deb savol beradi “Vudetezdorovy.ru” nashri.  

Agar odatingizni o`zgartirib, tongda och qoringa iliq suv ichadigan bo`lsangiz, bu ishingizdan organizmingiz minnatdor bo`ladi. Qahvani esa biroz keyinroq ichsangiz ham bo`ladi. Suvga ozgina limon sharbatidan qo`shsangiz, yoqimli ta`m beradi. Limonli suv ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilab, metabolik chekinishlarni bartaraf etadi. Bu odat sog`ligingiz uchun koni foydadir. Iliq suv organizmdan toksinlarning chiqib ketishiga va qon aylanishini yaxshilashga xizmat qiladi. Ovqat hazm qilish a`zolarini tozalaydi. Suyuqlik oshqozondagi ovqatlarning parchalanishiga ko`maklashib, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Bundan tashqari bu odat ozishingizga ham yordam beradi, iliq suv tana haroratini oshirib, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Organizmingizda yog`ning parchalanishi tezlashadi. Xoh ishoning, xoh ishonmang bunday odat qarish jarayonini sekinlashtiradi, chunki och qoringa ichilgan suv organizmdan toksinlarni chiqarib tashlaydi, natijada teri toza, tarang va sog`lom ko`rinishga ega bo`ladi. Oshqozondagi muammo har doim ichaklar faoliyatining buzilishidan kelib chiqadi, organizmda suv tanqisligi yuz bersa, qorin damlab, sanchiq paydo bo`ladi. Iliq suv ichaklar faoliyatini ham yaxshilaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!