2000 yillarning eng go`zal ayollari

11:52, 04 iyul

Ayshvariya Ray 

Sharq madaniyatiga, kinosiga muxlis bo`lgan G`arbni hind aktrisasi Ayshvariya Ray o`zining  go`zalligi bilan maftun etdi. U 1994 yilda “Dunyo go`zali” nomiga ega bo`lgach, hind filmlarida suratga tusha boshladi va tez oradi Bollivud yulduziga aylandi.

Anjelina Joli

Go`zal ayollar doimo ommaning e`tiborida bo`lib kelgan. Anjelina Joli ham shular jumlasidandir. Anjelinaning muxlisalari esa plastik jarrohlarni sevimli aktrisalariga o`xshash uchun iltimosga ko`mib tashlagan. Uning yuz tuzilishi, labi, bodom qovog`i XXI asr boshlarida go`zallik timsoliga aylandi. 

Eva Mendes 

Lotinamerikalik go`zal, kubalik muhojirlarning qizi bo`lgan Eva Mendes asrimizning eng go`zal ayollaridan biri hisoblanadi. Gollivud rejissyorlari uning aktyorlik mahoratini tan olmagani uchun u uzoq vaqt epizodik rollarni o`ynab, o`rtamiyona aktrisa bo`lib yurdi. “Mashg`ulot kuni” filmidagi roli esa uni dunyoga tanitdi. Eva Mendes o`zining tabiiy go`zalligidan samarali foydalanadi. 

Monika Beluchchi 

Monika Beluchchi bir nigoh tashlashi bilan insonni o`ziga jalb etadi. Aynan tashqi qiyofasi bilan filmga jon bag`ishlaydi. Monika malika rolidan tortib, oddiy xizmatkor rollarini ham ijro etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!