Obid Asomov Ahmadboy sababli yo`qotganlari haqida gapirdi

12:06, 04 iyul

O`tgan haftada Milliy teleradiokompaniyaning bir yo`la bir nechta telekanali orqali “Ahmadboy vasvasasi” nomli ko`rsatuv namoyish etildi.

Ko`rsatuvda Ahmad Tursunboev bilan bog`liq bo`lgan barcha faktlar fosh etildi. Ko`rsatuvdagi lavhalardan birida Ahmad Tursunboev 2015 yilning noyabr oyida Mehribonlik uyi bolalari uchun o`tkazib bergan sunnat to`yi va unda O`zbekistonning eng mashhur san`atkorlarining ishtiroki ham namoyish etildi. 

Mazkur lavhada qiziqchi Obid Asomovning to`ydagi boshlovchiligi aks etgani bois aksariyat muxlislar unga Ahmadboy bilan qanday bog`liqligi borligi va unga nimalar berganiligi haqidagi savollar bilan murojaat qilishdi.

Obid Asomov ushbu murojaatlarga o`zining quyidagi javobini yozib qoldirdi:

“Bugun butun mamlakatimizda salomdan keyin bir savol “ko`rdingmi Ahmadboy mashmashasini!” Aslida bu kursatuvga munosabat bildirmasdim, lekin telefonim tutab ketdi! Butun dunyodan qo`ng`iroqlar! Men ham ko`rdim shu ko`rsatuvni faqat ba`zi joylariga tushunmadim! Firibgar ushlanibdi jinoyati fosh bo`libdi, jazo olishi muqarrar lekin... Biz san`atkorlar nima qilib yuribmiz? Tushunmagan tomoshabin bizni ham hamtovoqqa chiqarib qo`yyapti! Aybimiz to`yda xizmat qilganimizmi? Avvalo to`y o`tgan yili yanglishmasam noyabr oyida bo`lgan edi! Menga shunaqa bir boy yigit o`zini farzandiga qo`shib etim bolalarni ham sunnat qilib beryapti deyishdi! Juda katta to`yxona kamida ikki ming kishi bo`ldiyov! Sanatkorlar juda ko`p! Ahmadboyni o`sha kuni tanidim! To`yxonada har soha vakillari kazo-kazolardan tortib, televidenie xodimlarigacha bor edi! Biz san`atkormiz biznesmenmi, olimmi, hammolmi aytilgan joyga boramiz, tirikchilik! Shaxsan men hech narsani unga topshirganim yo`q! O`sha to`yda unutilmas voqea bo`lgan, to`y ohirida o`sha kuni kiygan yangi tuflimni kimdir ilib ketdi! Ahmadboy uydan o`zini tuflisini obchiqib berdi! Tufli uyda ! Mabodo kerak bo`lsa ! Men yo`qotgan tufligimga roziman!”

Alloh hammamizga insof bersin! Vanihoyat TV xodimlariga alohida rahmat besh yil TVdan chiqmaganimni hissasini chiqarishdi, to`rtta kanalda ketma-ket ko`rindim!”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!