UzReport TV Italiya – Germaniya translyasiyasi uzilib qolganligi sabablariga oydinlik kiritdi

12:27, 04 iyul 2016

UzReport TV Evro-2016 chorak final bahsidan o`rin olgan Italiya - Germaniya terma jamoalari o`rtasidagi o`yinning translyasiyasi so`nggi daqiqalarda uzilib qolgani uchun uzr so`radi. Bu haqda UzReport.uz xabar beradi

“Sizlarga shuni ma`lum qilamizki, bunday texnik nosozlik faqatgina UzDIGITAL TV platformasi traktida kuzatilgan. Sun`iy yo`ldosh va IP TV platformasi orqali UzReport telekanalini tomosha qilyotgan abonentlarda bu kabi texnik nosozliklar ro`y bermagan.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so`raymiz. Hozirda bu texnik nosozlikning sabablari o`rganilmoqda hamda kelgusida bunday holatlar takrorlanishining oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar ko`rilmoqda”, – deyiladi telekanal xabarida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!