O`zbek shou-biznesidagi taniqli klipmeykerlarning iqrori (Video)

15:23, 04 iyul

Taniqli o`zbek klipmeykerlari o`z ijodiy ishlarida chet el kliplariga o`xshash sahnalar borligini tan olishdi.

Mu5 telekanalining “Xizmat doirasida” ko`rsatuviga taklif etilgan klipmeykerlar Yodgor Nosirov, Narimon Sultonxo`jaev, Nozim Jumaev hamda Sanjar Matkarimovlar bu holat mablag`ga va buyurtmachining istagiga borib taqalishini aytishdi. 

Yaqinda xonanda Munisa Rizaeva xorazmcha klipidagi obrazi Rayhondan o`g`irlanganligi haqida fikrlar paydo bo`lgandi. Klip rejissyori ko`rsatuvda ushbu holatni alohida tilga oldi. Mu5 telekanalining ushbu ommabop teleloyihasida shuningdek, jurnalistlarning bir qator kliplardagi o`xshash holatlar haqidagi savollariga klipmeykerlar ochiq-oydin javob qaytarishdi.

Klipmeykerlarning iqrorlari va bunga san`atkorlarning fikri haqida batafsil ushbu videoda ko`rishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!