AQShning eng yosh milliarder ayoli

16:31, 04 iyul

Agar siz AQShning Kremniy vodiysida yashovchi Elizabet Xolms haqida eshitmagan bo`lsangiz, u haqda sizga qiziqarli faktlari taqdim etamiz, deydi “Interesno.cc”

Elizabet 2015 yilning eng mashhur ayollari o`ntaligiga kiritildi. 

31 yoshli Elizabet Xolms AQShning eng yosh milliarder ayolidir. Uni OAVlar “Yubkali Stiv Jobs” deb ataydi. Mashhur aktrisalar, xonandalar, sportchilar orasida ommaga notanish bo`lgan Elizabet ko`zga tashlanmasligi mumkin. Ammo “bu qiz kim?” degan savol tug`ilishi tabiiy holdir.

U biotexnologiya bilan shug`ullanadi

Theranos farmakologiya kompaniyasining asoschisi Elizabet Xolmsning boyligi 4,6 milliard dollarni, biznesining umumiy narxi esa 9 milliardni tashkil etadi.

Theranos ning asosiy maqsadi odamdan arzon, tez va og`riqsiz ravishda qon olib, uning sog`ligini tekshirishdir. Uning yangiligi shundagi tashxis qo`yish uchun bemordan bir tomchi qon olib, 30 xil turdagi tekshiruvni amalga oshirish, ko`p miqdorda tibbiy ma`lumotlarga ega bo`lish mumkin. 

Elizabet ixtirosini hamkorlari bilan birgalikda yillar davomida sir tutib keldi, omma uchun notanishligicha qoldi. 2014 yilga kelib, Theranos innovasiyasi farmasevtika bozorida portlash qildi. 2014 yilning oktyabr oyida esa Forbes ning ro`yxatidagi yangi boylardan biriga aylandi.

U oddiy oiladan chiqqan

Elizabet Xolms 1984 yilning 3 fevralida Vashingtonda qutqaruv xizmati va AQSh kongressi xodimining oilasida dunyoga kelgan. Otasining ishi tufayli Elizabetning o`smirligi Xitoyda kechgan va u xitoy tilini o`rgangan. Ularning oilasi AQShga qaytgach, Elizabet Stenford universitetining kimyo fakultetiga o`qishga kiradi. Ammo 19 yoshda xususiy biznesini yo`lga qo`yish uchun o`qishni tashlaydi

“Vaqti kelib, bajarishingiz lozim bo`lgan ishni amalga oshirsangiz, nima uchun dunyoga kelganingizni anglaysiz”, deydi Elizabet Xolms.

Hamma narsani mustaqil amalga oshirgan

Qizning ota-onasi uning kollejdagi o`qishiga deb yiqqan pulini, xususiy biznesini yo`lga qo`yishi uchun berishga rozi bo`lgan. Oilasidagilarning qo`llab-quvvatlashini nazarga olmaganda, qolgan barcha ishni — tadqiqotlarni, laboratoriyani ijaraga olish, 
investorlar qidirib topish kabi yumushlarni qizning o`zi bajargan.

Qon topshirishni istovchi odamlarni qidirib topish muammo bo`lmagan. Qiz biznesi yaqin kunlarda foyda keltirmasligini yaxshi bilgan. 


U mashhur bo`lib uyg`onmagan

Theranos kompaniyasiga 2003 yilda asos solingan. Onasining ta`biri bilan aytganda, so`nggi yillarda Elizabet chumolidek tinim bilmagan. Haftalab ish stolidan turmagan, laboratoriyadan chiqolmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!