Devid va Viktoriya Bekxem bir-birini to`yi sanasining 17 yilligi bilan tabrikladi

16:34, 04 iyul

Devid va Viktoriya Bekxem o`zlarining "Instragram" sahifalarida bir-birini to`ylarining 17 yilligi bilan qutladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Devidning yozishicha, xulq-atvori, tabiati o`zinikiga o`xshash bo`lgan rafiqasini uchratganligidan juda mamnun: “Biz to`rt farzandni dunyoga keltirdik, men bolalarimga Viktoriyadan ortiq  mehribon ona topolmagan bo`lardim. Azizam, seni oilamiz tashkil topgan kun bilan qutlayman”, deb yozgan Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi o`z tabrigida. 

O`z navbatida Viktoriya ham turmush o`rtog`ini eng yaxshi do`stim va sevimli insonim deb atagan: “Mehribonim meni har kuni ilhomlantirib turadi. Dunyodagi eng yaxshi ota va mehribon erni oilamiz tashkil topgan kun bilan qutlayman!”, deydi dizayner. 

Ular 1999 yilning 4 iyul kuni Irlandiyada turmush qurishgan. Ayni paytda ular 4 farzand — 17 yoshli Bruklinni, 13 yoshli Romeoni, 11yoshli Kruzni va 4 yoshli Xarperni tarbiyalashmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!