Gulsanam Mamazoitova muxlisi bilan gap talashib qoldi

16:39, 04 iyul

O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova kamdan-kam intervyu beradigan san`atkorlardan. Uning bo`sh vaqtini topish qiyin. Doim tadbirlar, xalq xizmati, gastrol safarlari bilan band... Ammo ko`p sonli muxlislarning talab va takliflariga ko`ra “Darakchi” gazetasi jurnalisti u bilan suhbatlashishga muvvaffaq bo`ldi.

Intervyu davomida xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bir muxlisi bilan gap talashib qolgani xususida savol berildi:

— Yaqinda suratlaringizning izohlarida bir muxlisingiz bilan gap talashib qolganingizga guvoh bo`ldik.

— Menimcha har bir masalaga oydinlik kiritish kerak. Ba`zida biz san`atkorlarning gapini muxlislar noto`g`ri tushunishi mumkin. Ana shunday holatlarda vaziyatni qo`lga olish kerak. Ya`ni, men gaplarga oydinlik kiritish maqsadida albatta javob qaytaraman. Ammo men hech qachon yomon, qo`pol gapirmaganman. Yaxshi gaplar bilan hammasini joyida hal etaman. Yana bir gapni alohida aytib o`tishim kerak. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda salbiy fikr bildirgan muxlislarni hech qachon ayblamaganman. Sababi ular bizni yaxshi tanishmaydi, ko`rmay-bilmay turib noto`g`ri tushunib qolgan bo`lishlari mumkin, xolos. Shuning uchun ularning fikrlarini ham inobatga olish kerak.

Bundan tashqari Gulsanam farzandlari, oilasi, ijodi va yangi imidji haqida gapirdi. Xonandaning ushbu mavzular yuzasidan fikr va mulohazalarini “Darakchi” gazetasining yangi 7 iyul kuni sotuvga chiqadigan 27-sonida o`qish mumkin.

O`tkazib yuormang!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!