Dunyoda o`lish taqiqlangan 4 joy

17:14, 04 iyul

Bu erlarda ajalga yo`l yo`q, deydi “Interesno.cc” nashri!

Isukusima (Yaponiya)

Yaponiyadagi  Isukusima oroli muqaddas joy hisoblangandan bu erda tozalikni saqlash birinchi o`rinda turadi. Orolda ozodalikni saqlash uchun ruhoniylar hukumatdan o`lishni taqiqlash to`g`risida buyruq chiqarishni iltimos qilgan. 1878 yildan boshlab orolda nafaqat o`lish, tug`ilish ham man etilgan. Orolga tashrif buyuruvchi homilador ayollardan hali tug`masligi, qariyalardan esa hali beri o`lmasligi haqida tibbiy ma`lumotnoma talab qilinib, bu ma`lumotnomalar mavjud bo`lsagina kirishga ruxsat beriladi.Orolda 1555 yilda Miyadzima jangi vaqtidagina jang tufayli qon to`kilgan. Jangda g`alaba qozongan tomon orolni halok bo`lganlarning jasadidan tozalash maqsadida, o`liklarni ko`mmasdan suvga tashlashgan.

Longyir (Norvegiya)

Norvegiyaning Shpisbergen arxipelagidagi orolda joylashgan muzliklar shahri bo`lmish Longyir shahrida ham o`lim taqiqlangan. Shahardagi qabristonga oxirgi marta bundan 70 yil ilgari mayit ko`milgan. O`lim taqiqlanishining sababi bu erga dafn etilgan odamning jasadi hech qachon chirimaydi. Chunki havo juda sovuq. Olimlar hatto 1917 yilda o`lgan odamning jasadidan gripp virusini topishgan. Og`ir kasal bo`lgan yoki o`limi tayin bo`lgan odam samolyot yoki kemada Norvegiyaning boshqa shahriga jo`natiladi.

Falchano del Massiko (Italiya)

Italiyaning janubida joylashgan  Falchano del Massiko shaharchasida o`lim biroz boshqacha tarzda taqiqlangan. Bu erda odamlarning o`lishi diniy nuqtai nazardan yoki ob-havo sharoitidan kelib chiqib emas, balki jasadni ko`mish uchun joy qolmaganidan man etilgan.Shahar meri mahalliy aholini, shaharcha mehmonlarini ogohlantirib, u dunyoga ketishga shoshilmasliklari haqida buyruq chiqargan. Ayni paytda mer yangi qabriston qurilish ishlarini boshlab yuborgan, odamlardan esa vaqtincha o`lmay turishni so`rgan.

Sarpurenks (Fransiya)

Fransiyaning janubi-g`arbida joylashgan Sarpurenks shaharchasi meri ham o`limni taqiqlash to`g`risida farmoyish chiqargan. Bunga shahar qabristonini kengaytirish to`g`risidagi qarorning sud tomonidan rad etilishi sabab bo`lgan. Mer Jerar Lalanna biroz oshirib yuborgan, u nafaqat o`lishni taqiqladi, balki o`lgan odamni shafqatsiz jazolash haqida ham buyruq chiqargan. U o`zining bu harakati bilan sud qaroridan noroziligini bildirgan. Merning o`zi farmoyish chiqqandan 10 oy o`tgandan keyin vafot etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!