Toshkent shahri va viloyatida fuqarolarni vaqtincha hisobga olish bo`yicha yangi yo`riqnoma tasdiqlandi

11:10, 05 iyul

“O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo`yicha hisobga olish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomani tasdiqlash haqida” O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug`i e`lon qilindi.

Yangi yo`riqnomaga asosan, fuqarolarni turgan joyi bo`yicha hisobga olish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini ta`minlash, aholi migrasiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududining muayyan joyida yashashi yoki vaqtinchalik bo`lishi faktini aniqlashni nazarda tutadi.

Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan 5 kundan 6 oygacha muddatga amalga oshiriladi. Bu mazkur hududlarda turar joy sotib olish, shuningdek, doimiy ishga va ijtimoiy kafolatlarga ega bo`lish uchun asos hisoblanmaydi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga 5 kundan ortiq bo`lmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan fuqarolar kelgan kunidan boshlab 5 kun mobaynida o`zi vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining xorijga chiqish, kelish va fuqarolarni rasmiylashtirish bo`limiga

  • Ariza;
  • Pasport;
  • Kontrakt bo`yicha harbiy xizmatchining yoki O`zbekiston Qurolli Kuchlari ofiserining shaxsiy guvohnomasi;
  • 16 yoshga to`lmagan shaxslar uchun - tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma va 3,5x4,5 o`lchamli 2 ta fotosurat;
  • uy-joy mulkdorlarining turar joy maydoni berishi to`g`risidagi arizasi;
  • turar joy uchun hujjatlarning nusxalari topshiriladi.

Hujjatlar to`liq taqdim etilgach, fuqaroga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo`yicha hisobga olish to`g`risidagi qayd varag`i beriladi.

Qayd varag`i fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Ariza beruvchining pasportiga yoki uy daftariga hisobga olish to`g`risida belgi qo`yilmaydi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olingan fuqaro hisobga olingan joyida yashashi kerak.

 Toshkent shahri va viloyatida fuqarolarni vaqtincha hisobga olish tartibiga o`zgarishlar kiritildi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!