Xitoyda suv toshqini oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo`ldi va bedarak yo`qoldi

12:47, 05 iyul

Xitoyda sel kelishi va suv toshqini oqibatida 112 kishi halok bo`ldi va bedarak yo`qoldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Xitoy fuqarolik ma`muriyati vazirligining ma`lumotiga ko`ra, mamlakatda 30 iyundan beri 100 dan 250 millimetrgacha yomg`ir yoqqan, Xubey viloyatining Xunan uezdida esa bu miqdor 803 millimetrni tashkil etdi. Kuchli yomg`ir oqibatida imoratlarga, qishloq xo`jalik ekinlariga, avtomobil yo`llariga ziyon etgan, temir yo`l qatnovi izdan chiqqan. 

Tabiiy ofat yuz bergan hududdan 726 ming kishi evakuasiya qilingan, keltirilgan zarar uch milliard dollar deb baholangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!