“TEMIR XONIM — MARGARET TETChERNING MAShHUR 12 IBORASI

13:01, 05 iyul

Margaret Tetcher — Buyuk Britaniya tarixidagi ilk bosh vazir lavozimida xizmat qilgan, XX asrda 11 yil davomida mamlakatni boshqargan yagona ayoldir, deydi “Interesno.cc” nashri. 

Margaret Tetcher bosh vazirlik lavozimida xizmat qilgan paytida Argentinaga qarshi kurashda g`alaba qozondi, mamlakat hayotiga yangi iqtisodiy o`zgarishlarni olib kirdi. “Temir xonim”ning nomi XX asr tarixida eng yorqin nomlardan biri bo`lib qoldi. Uning siyosiy prinsiplari, rahbarlik usullari butun dunyoda ibrat olsa bo`ladigan, namuna vazifasini o`taydi.

Margaret Tetcherning quyida mashhur 12 iborasi bilan sizni tanishtiramiz:

•  Agar haq bo`lib chiqishimga ishonsam, sabr qilishdan charchamayman.
•  Ayollar erkaklarga nisbatan “yo`q” deyishni yaxshi biladi.
•  Xo`roz qanchalik olamga jar solib qichqirmasin, tuxumni tovuq qo`yadi.
•  Suhbatdoshing bilan til topishish uchun uning hamma fikriga qo`shilishing shart emas.
•  Hech qachon ro`y bermaydigan voqealar tashvishimizning to`qson foizini tashkil etadi.
•  To holdan toyib, charchamaguncha, ishdan to`xtamayman, Britaniya menga ehtiyoj sezadigan bo`lsa, hech qachon charchamayman.
•  Jangda g`alabaga erishish uchun, ba`zan ikki marotaba engilishga to`g`ri kelishi mumkin.
•  Iqtisodiy erkinliksiz hech qanday erkinlikka erishib bo`lmaydi.
•  Kimdir shaxsiyatimga tegadigan gap qilsa xursand bo`laman, demak raqibimning menga nisbatan siyosiy dalili qolmabdi.
•  Hukmronlikka egaliging sening haqiqiy ayolligingdan dalolat beradi, biroq bu haqda kimgadir gapirishing, buning yolg`onligini ko`rsatadi.
•  Biror nizoli vaziyatni bartaraf etish uchun bitim tuzish prisiplaringdan, maslagingdan, strategiyangdan voz kechishdir. Bu hech kim ishonmaydigan va bahslashmaydigan holatdir.
•  Har birimizda g`alabaga bo`lgan kuchli ishtiyoq mavjud. G`alabaga erishish irodasi – mashqning ishi bo`lsa, g`alabaga erishish usuli – g`urur, izzat-nafs masalasidir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!