“Afrosiyob” poezdi vaqtincha to`xtatiladi

14:25, 05 iyul

“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ “Afrosiyob” poezdi vaqtincha to`xtatilishi haqida ma`lum qiladi.

2016 yilning 5-6-7 iyul kunlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi №762/761-sonli Toshkent-Samarqand-Toshkent yo`nalishidagi “Afrosiyob” poezdi texnik nazoratdan o`tishi sababli o`rniga tezyurar poezd yo`lga qo`yiladi.

Qo`shimcha ma`lumotlar 1005 telefon raqami orqali taqdim etiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!