Moskva ko`chalarida oq ot mingan shahzoda paydo bo`ldi

16:53, 05 iyul

Moskva shahrining markaziy ko`chalaridan birida oq ot mingan shahzoda raydo bo`ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

“Oq ot mingan yigit go`zal yo`lovchi qizlarga nisbatan juda xushmuomala va shirinso`z, ulardan maqtovini ayamaydi”, – deyilgan xabarda.

Oppoq otning Prince 77 degan avtoraqami ham bor. Chavandoz yigit yuragining amriga quloq solganini va orzusidagi qizni izlab topish uchun oq ot minganligini ma`lum qildi. Agar u qalbining malikasini Moskva va Sankt-Peterburgdan topa olmasa, otda butun Rossiyani aylanib chiqishga tayyorligini ham bildirgan.

Hozircha bu birorta rejalashtirilgan aksiya yoki rostdan ham yosh yigitning “qalb tug`yonlari” ekanligi noma`lum.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!