Messini millionlab jarima va qamoq jazosi kutmoqda

09:58, 07 iyul

Argentina terma jamoasi hamda Ispaniyaning “Barselona” jamoasi futbolchisi Lionel Messi va uning otasi Xorxe Orasioni millionlab jarima va oylab qamoq jazosi kutmoqda. Ularni soliq to`lashdan bosh tortganlikda ayblashmoqda, deya xabar beradi Euronews nashri.

Sud Messiga 2 million evro, uning otasiga esa – 1,5 million jarima to`lash qarorini chiqardi.

Qamoq jazosiga keladigan bo`lsak, Messiga 21 oy berildi, ammo Ispaniya qonunlariga ko`ra, ikki yilgacha jazo sinov muddatida o`taladi. Ayblanuvchilar Oliy sudga apellyasiya taqdim etishlari mumkin. Prokurorning ma`lumotlariga ko`ra, Messi 2007, 2008 va 2009 yillarda olgan daromadidan soliq to`lamagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!