Rossiyalik suvga sakrovchining oyog`i ostidagi tramplin sinib ketdi

10:46, 07 iyul

Mashg`ulot paytida rossiyalik suvga sakrovchi sportchi Sergey Nazinning oyog`i tagidagi tramplin sinib ketdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
  
Voqea rossiyalik sportchilar olipiadaga tayyorlanayotgan Kubada ro`y berdi. Sergey Nazin sherigi bilan sinxron sakrashga tayyorgarlik ko`rayotib, tramplindan sakramoqchi bo`lganda, moslama sinib ketgan. Sportchi 10 metr balandlikdan suvga qulagan, ammo chaqqonlik qilgani bois tan jarohati olmagan.

Yozgi Olimpiada o`yinlari Rio-de-Janeyro shahrida 5 dan 21 avgustgacha bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!