Indoneziyada 35 soatli tirbandlikda 18 kishi vafot etdi

11:50, 07 iyul

Halokat Indoneziyaning Yava orolidagi Berbes tumanida sodir bo`ldi. 20 dan 35 soatgacha davom etgan tirbandlikda 18 kishi halok bo`ldi. Mingdan ortiq haydovchilar yo`l tirbandligida bir kundan ortiq vaqt sarflashdi.

Hudud bosh shifokori Shri Gunadi Parvoko 12 nafar avtomobilchi charchoqdan, besh nafari YTHda halok bo`lgani, yana bir o`limning sababi hali aniqlanmaganini aytib o`tdi. Ma`lum bo`lishicha, issiqdan o`lganlarning aksariyatida mavjud surunkali kasal huruj qilgan.

Baxtga qarshi tibbiyot xodimlari ham yordamga muhtojlarning oldiga etib borishida muammo yuzaga kelgan, hatto motosiklda ham buning imkoni bo`lmagan.

Tirbandlik yuzaga kelishi sabablari oshkor etilmayapti. Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo hukumatdan ushbu ishni o`rganish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni talab qildi. Mustaqil ekspertlar bu holat Yavadagi pulli yo`llar bilan bog`liqligini tahmin qilishmoqda. Orol aholisi Ramazonning tugaganini nishonlashga otlanishgan, ammo yo`l uchun to`lov amalga oshiriladigan joylarda uzoq vaqt turib qolishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!