Oyxon Iforzodaning bolaligidagi orzusi ushaldi (Video)

15:21, 07 iyul

Shu kunlarda butun musulmon ahli muborak Ramazon Hayitini nishonlamoqda.

An`analarimizga ko`ra, ushbu kunlarda keksalar yo`qlanadi, yangi tushgan kelinlar esa dasturxon yozib, mehmon kutadi.

Boshlovchi Oyxon Iforzoda ham o`zining ilk kelinlik hayitini nishonladi. Bu haqda u o`zining “Instagram”dagi sahifasi orqali ma`lum qildi.

“Kecha men uchun juda hayajonli kun bo`ldi... Hali kichkina qizaloq paytimda Hayit bayramini orziqib kutardim. Birinchidan, hayitliklar,  ikkinchidan, kelin salomlar! Hayit kuni dasturxon yozib, mehmon kutgan kelinlarga havas bilan qarardim! Katta bo`lsam men ham kelin bo`laman, kelin salom qilaman deb niyat qilardim... “Niyat xolis bo`lsin”, deb bekorga aytishmas ekan! Bugun men kelinlik liboslarida salom qilyapman! Ollohga beadad shukr! Chiroyli Hayit dasturxonini yuborgan onajonim, akajonimga, meni qo`llab quvvatlagan oilamga, xizmat qilgan singlim va dugonalarimga, kelgan barcha mehmonlarga, liboslarim dizaynerlariga va albatta stilistimga tashakkurimni izhor etaman! Etkazganiga shukr”, – deb yozadi Oyxon.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!