Qirg`iziston prezidentining qo`shig`iga klip suratga olindi (Video)

15:35, 07 iyul

Qirg`iziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambaev yangi qo`shig`iga klip suratga oldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.  

U shoir Nikolay Aseevning “Sensiz yasholmayman” nomli she`rini kuyga soldi. Videorolikni YouTube'da tomosha qilish mumkin. Klipni Atambaevning do`sti bo`lgan kinorejissyor Furqat Tursunov suratga olgan, unga 1967 yilda Mosfilm kinostudiyasi ijodkorlari tomonidan yaratilgan “Yana muhabbat haqida” filmidan olingan kadrlar ham kiritilgan.

To`g`risini aytganda, Atambaevning yangi qo`shig`i ilgari yaratilgan, bir kunda 100 ming kishi tomosha qilgan “Taqdirga qasdma-qasd” nomli qo`shig`i kabi ommalashmagan.

Qirg`iziston rahbarining matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, keyingi yil prezidentlik muddati tugagandan keyin Almazbek Atambaev ijod bilan mashg`ul bo`lishni niyat qilgan. Hozirda u beshta yangi qo`shiq tayyorlab qo`ygan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!