Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan bangkoklik bo`ri qizcha

18:37, 07 iyul

Bangkoklik Supatra ismli qizcha xromosomadagi o`zgarishlar tufayli, tug`ma Ambras sindromi yoki gipertrixozdan aziyat chekadi, deb xabar berdi “Interesno.cc” nashri. 

Qizcha dunyo miqyosida kam uchraydigan, irsiy kasallikka chalingan 50 odamning biridir. Qizchaning bir necha xil ismi mavjud. U bu ismlarga tug`ilganidan emas, keyinchalik egalik qilgan. Qizchaning tashqi qiyofasidan kelib chiqib, odamlar uni turlicha nom bilan chaqirishadi. Supatra Sasupfan eng jundor qizcha sifatida Ginnesning rekordlar Kitobiga kiritilgan. 

Gipertrixoz kasalligi tufayli qizchaning yuzi va tanasi doimo e`tibor talab qiladigan qalin jun bilan qoplangan. G`alati tashqi qiyofaga ega bo`lgan Supatra odamlar tomonidan Bo`ri qiz, Maymun bashara deb nomlanib, turlicha laqab orttirgan. 

Ilgarilari qizcha bu laqablardan xafa bo`lgan bo`lsa, rasman rekordchi deb nom olgandan keyin odamlarning unga bo`lgan munosabati o`zgarganini sezdi. U o`zi o`qiyotgan maktabda ham mashhur insonga aylandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!